
Endi banklar “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomili joriy etilgan mijozlarga maxsus hisobvaraq ochishi shart. Avvalgi hisobvaraqlar bo‘yicha chiqim amaliyotlari to‘xtatiladi, mablag‘lar esa yangi maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi.
O‘zgartirishlar Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 16-oktabrdagi 24/21-son qarori bilan kiritilgan. Qaror Adliya vazirligida 2026-yil 20-oktabrda 3420-3 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 2026-yil 21-oktabrdan kuchga kirgan. U Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 3420) qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
Hisobvaraqni mijozning asosiy hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank ochadi. Buning uchun tartib-taomil joriy etilgani haqidagi hujjat taqdim etiladi:
Sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasida mablag‘lar mijozning to‘lov topshiriqnomasi asosida sarflanadi. Tashqi boshqaruv va tugatishda esa sud boshqaruvchisining topshiriqnomasi asosida. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi umumiy yo‘riqnoma talablari bunday maxsus hisobvaraqlarga qo‘llanilmaydi.
Amalda bu nimani anglatadi. Agar hamkoringiz sanatsiya yoki tugatish tartib-taomilida bo‘lsa, inkasso orqali yechib olinishiga ishonmang: bank hujjatni ijrosiz qaytaradi. Sanatsiyadagi tadbirkor esa bankka Agentlik qarori yoki sud ajrimi bilan oldindan murojaat qilgani ma’qul: mablag‘lari bitta hisobvaraqda jamlanadi va uning topshirig‘i bilan sarflanadi.
Foto: Azizjon, Wikimedia Commons (jamoat mulki)