
Tilxat va shartnomalar boʻyicha qarzlarni undiramiz, kontragentlar va davlat organlari bilan nizolarni barcha instansiyadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda olib boramiz.
Ishni boshqaruvchi sherik — advokat Jaksilik Igilikov shaxsan olib boradiAdvokat haqida →Jismoniy shaxslar va kompaniyalar manfaatlarini Oʻzbekistonning fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarida ifodalaymiz — talabnoma va daʼvodan tortib sud qarorining ijrosigacha.
Jismoniy shaxslar, tadbirkorlar va kompaniyalar uchun.
Tilxat qarz berilganini tasdiqlovchi dalil hisoblanadi. Odatda talabnomadan boshlaymiz — baʼzan shuning oʻzi yetarli boʻladi. Qarz qaytarilmasa, daʼvo beramiz va qaror ijro etilishi uchun suddan taʼminlash choralarini, masalan, qarzdorning mol-mulkini xatlashni soʻraymiz.
Umumiy daʼvo muddati — uch yil, lekin ayrim talablar uchun qonunda boshqa muddatlar belgilangan. Qanchalik erta murojaat qilsangiz, qarzdorning mol-mulkini topish va dalillarni saqlab qolish imkoniyati shunchalik yuqori.
Ha. Ishonchnoma asosida sudda manfaatlaringizni ifodalaymiz, shu jumladan siz boshqa viloyatda yoki xorijda yashasangiz ham. Tushuntirish berish yoki hujjatlarni imzolash kerak boʻlganda ishtirokingiz talab qilinadi.
Yuridik shaxslar va tadbirkorlar oʻrtasidagi nizolarni iqtisodiy sudlar, fuqarolar ishtirokidagi nizolarni fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar, davlat organlari bilan nizolarni maʼmuriy sudlar koʻradi. Sudlovni aniqlaymiz va hujjatlarni tayyorlaymiz.
Ijro hujjatini olib, majburiy ijroga topshiramiz, ijro jarayoni va qarzdor mol-mulkini qidirishni kuzatib boramiz, zarur boʻlsa, ijrochilarning harakatsizligi ustidan shikoyat qilamiz.
Birinchi maslahat pullik — 500 000 soʻmdan. Ishni yuritish narxi uning murakkabligi va ish hajmiga bogʻliq: uni maslahatdan keyin aytamiz va kelishuvda belgilaymiz.
Ha. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlari va xorijdagi mijozlarga onlayn maslahat beramiz, hujjatlarni oldindan yuborish mumkin. Toshkentda ofisimizga kelishingiz mumkin.
Har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha javob beramiz. Saytda arizani istalgan vaqtda qoldirish mumkin — ish vaqtida siz bilan bogʻlanamiz.