
Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoni bilan kichik biznes subyektlarini har qanday tekshirishga uch yillik moratoriy joriy etiladi. Istisnolar kam: jinoyat ishlari doirasidagi tekshiruvlar, mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish va QQSni qaytarish holatlari.
2027–2028-yillarga «tashabbusli audit» dasturi ishga tushiriladi: oʻrta va yirik korxonalar sertifikatlangan auditorlardan ixtiyoriy audit oʻtkazishi mumkin — bu davrda soliq tekshiruvlari toʻxtatiladi, 30 kun ichida tuzatilgan xatolar esa moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.
Bunday auditdan keyin aniqlangan soliq qoidabuzarliklari uchun javobgarlik audit tashkilotlari zimmasiga tushadi. Bir subyektni yil davomida qayta tekshirish (kameral tekshiruvlardan tashqari) faqat biznes-ombudsman roziligi bilan mumkin.
Farmon «tadbirkorning haqligi prezumpsiyasi» va biznesga maʼmuriy bosimni kamaytirish yoʻlini mustahkamlaydi — bu haqda Prezident avgustdagi tadbirkorlar bilan muloqotda gapirgan edi.
Amalda bu nimani anglatadi: biznesingiz kichik toifaga kirsa, yaqin uch yilda rejali va rejadan tashqari tekshiruvlar boʻlmasligi kerak — istisnolardan tashqari tekshiruv talabini farmonga tayanib eʼtiroz qilish mumkin.
Foto: Flazingo Photos, Flickr (CC BY-SA 2.0)