
2027-yildan rasmiy daromadga ega fuqarolar ishlamaydigan oila aʼzolari uchun ijtimoiy soliq toʻlab, ularning mehnat stajini shakllantirishi mumkin boʻladi. Pensiya jamgʻarmasi hujjatlarni elektron qabul qilishga oʻtadi, ayrim pensiyalar esa arizasiz tayinlanadi. Qaror qabul qilingan, uning normalari bosqichma-bosqich kuchga kiradi.
Prezident 2026-yil 28-sentabrdagi PQ-355-son qarorni imzoladi. Ayrim choralar 2026-yil 1-oktabr va 1-noyabrdan, asosiy qismi esa 2027-yil 1-yanvardan amal qiladi.
2027-yil 1-yanvardan rasmiy daromadga ega fuqarolar ishlamaydigan oila aʼzolari uchun har oy ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq toʻlash huquqiga ega boʻladi:
2027-yil 1-apreliga qadar «Oʻzarxiv» tugatilgan korxonalarning arxivga topshirilmagan buxgalteriya va boshqa hujjatlarini bepul qabul qilishi kerak.
Amalda bu nimani anglatadi. Agar oilada ishlamaydigan turmush oʻrtogʻi yoki stajsiz boshqa qarindosh boʻlsa, 2027-yildan u uchun oyiga 163,2 ming soʻm toʻlab, kelajakdagi pensiya uchun staj shakllantirish mumkin.
Yaqinda pensiyaga chiqadiganlar staj va ish haqi maʼlumotlarini oldindan tekshirib olgani maʼqul. Agar sobiq ish beruvchingiz tugatilgan boʻlsa, uning hujjatlari arxivga topshirilganini aniqlang: ularsiz shu yillardagi stajni tasdiqlash qiyinroq boʻladi.
Foto: bluesbby, Wikimedia Commons (CC BY 2.0)