
2026-yil 11-dekabrdan yagona sukunat soatlari amal qiladi, shovqin uchun jarimalar esa oshadi. Prezident «Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida»gi 2026-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-1171-son Qonunni imzoladi. Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Turar joylarda, jamoat binolarida, turar joy hududlari va dam olish zonalarida shovqinning ruxsat etilgan darajasidan oshirish taqiqlanadi:
Turar joy binolari va ularga tutash hududda shovqinli qurilish va taʼmirlash ishlariga faqat ish kunlari 9:00 dan 18:00 gacha ruxsat beriladi.
Qonun quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Shovqin yetkazgan zarar sud orqali undirilishi mumkin. Kompensatsiya miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Tunda muntazam shovqin chiqaradigan va sogʻliqqa real xavf tugʻdiradigan obyekt faoliyati 10 ish kunigacha toʻxtatilishi mumkin. Undan uzoqroq muddatga esa faqat sud qarori bilan.
Bir vaqtning oʻzida MJtKning 192-moddasi oʻzgartiriladi:
Amalda bu nimani anglatadi. 11-dekabrdan kvartirada taʼmirlash ishlarini ish kunlari 9:00 dan 18:00 gacha rejalashtiring. Musiqa yangraydigan kafe va muassasalar ovoz uskunalarini oldindan tekshirib olgani maʼqul.
Shovqindan aziyat chekayotgan aholi sudda kompensatsiya talab qila oladi. Shuning uchun qoidabuzarliklarni ichki ishlar organlari orqali qayd etish tavsiya etiladi.
Foto: Carl Ha, Wikimedia Commons (CC BY-SA 4.0)