
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 11-avgust kuni fuqarolarni yashash va turish joyi boʻyicha roʻyxatga olishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi.
Hujjat bir nechta toifadagi fuqarolar muammosini hal qiladi: ipoteka uyi egalari, yotoqxonadagi talabalar hamda uy-joyiga taqiq yoki xatlov qoʻyilgani sabab roʻyxatdan oʻta olmayotganlar. Xususan, bank roziligi bilan garovdagi uyda roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berish va oila aʼzolarini turish joyi boʻyicha roʻyxatga olishda maydon boʻyicha cheklovlarni olib tashlash taklif etilmoqda.
Tashabbuskorlar fikricha, qonun roʻyxatga olish imkoniyatlarini kengaytiradi, talabalar propiskasini soddalashtiradi, ipoteka uyi xaridorlari huquqlarini kuchaytiradi va amaliyotdagi tafovutlarni bartaraf etadi.
Propiska masalalari koʻchmas mulk bitimlari va oilaviy nizolarda tez-tez uchraydi. Legal Alliance yuristlari boʻlajak oʻzgarishlarni hisobga olib, vaziyatingizda qanday yoʻl tutishni maslahat beradi.