
Koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi kvartiralardan savdo va xizmat koʻrsatish uchun ularni noturar fondga oʻtkazmasdan foydalanishga ruxsat berish taklif etildi. Ruxsat berish tartibi xabardor qilish tartibi bilan almashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu hozircha taklif: normativ hujjat qabul qilinmagan, idoralarga loyiha tayyorlash topshirildi.
Taklif 9-sentabr kuni Prezident raisligida aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda bildirildi.
Hozirda turar joydan tijorat maqsadida foydalanish uchun uni noturar fondga oʻtkazish kerak. Bu qator kelishuv va ruxsatnomalarni talab qiladi.
Bunday kvartiralarda quyidagilarni joylashtirish taklif qilinmoqda:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning taʼkidlashicha, obyekt ochish uchun alohida kirish yoʻlini qurish va ichki makonni moslashtirish kifoya boʻladi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatlarida 46 mingdan ortiq kvartira joylashgan. Yangi tartib 200 mingdan ortiq kishini ish bilan taʼminlashi mumkin.
Amalda bu nimani anglatadi. Hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi qoidalar qoʻllaniladi. Shu sababli hozircha kvartirani noturar fondga oʻtkazmasdan unda biznes ochish mumkin emas.
Bunday loyihani rejalashtirayotgan boʻlsangiz, tasdiqlangan faoliyat turlari roʻyxati hamda kirish yoʻli va xavfsizlikka oid talablarni kuting. Soʻng rejangizni ular bilan solishtiring.
Foto: Sigismund von Dobschütz, Wikimedia Commons (CC BY-SA 3.0)