
Prezident Yangi Toshkent va hududlarda qiymati 50 million dollar va undan ortiq yirik shaharsozlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi PF-243-son Farmonni imzoladi. Bunday loyihalar uchun «regulyator qumdoni» rejimi va soliq imtiyozlari joriy etiladi: foyda solig‘i 1 foiz, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan 20 yil ozod etish.
«Yangi Toshkent shahri va hududlarda yuqori multiplikativ samarali yirik shaharsozlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon 2026-yil 10-noyabr kuni imzolangan. Maqsad — investitsiyaviy jozibadorlik va turizm salohiyatini oshirish hamda yirik loyihalarni amalga oshirishdagi ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish.
Maxsus huquqiy rejim tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha maxsus hududlarda — Yangi Toshkentda va boshqa hududlarda, jumladan Samarqanddagi «Shirin» massivida joriy etiladi. Ushbu hududlar direksiyalari Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi bilan bir xil vakolatlarga ega bo‘ladi. Ular quyidagilarni amalga oshira oladi:
«Davlat — investitsiya sherigi» tamoyili amal qiladi:
Imtiyozlar barcha loyihalarga berilmaydi. Loyiha «yuqori multiplikativ samara»ga ega bo‘lishi, direksiya tomonidan yagona lot sifatida ajratilgan uchastkada joylashishi va muhandislik kommunikatsiyalari bundan mustasno, byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmasligi kerak.
Amalda bu nimani anglatadi. Farmon qiymati 50 mln dollar va undan ortiq loyihalarga mo‘ljallangan. Quruvchilar va investorlar loyiha hududi maxsus hududlar ro‘yxatiga kirishini hamda lot va moliyalashtirish shartlari bajarilishini tekshirishi lozim. Foyda solig‘i imtiyozli stavkasining muddati investitsiya hajmiga bog‘liq.
Foto: Solijonovm1996, Wikimedia Commons (CC BY-SA 4.0)