
2026-yil 1-noyabrdan tovar va xizmatlarni SMS orqali faqat yozma yoki elektron rozilik bergan shaxslarga reklama qilish mumkin. Mobil aloqa orqali reklama qoʻngʻiroqlari va xabarlari 18:00 dan 09:00 gacha taqiqlanadi, operatorlar esa abonent soʻroviga koʻra ularni bloklashi shart.
Normalar Prezidentning 2026-yil 15-iyuldagi «Aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish va fuqarolar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-265-son qarorida nazarda tutilgan. Reklamaga oid qoidalar 2026-yil 1-noyabrdan kuchga kirdi.
Amalda bu nimani anglatadi. Biznesingiz SMS yoki qoʻngʻiroqlar orqali sotsa, bazani tekshiring: har bir raqam boʻyicha mijozning tasdiqlangan roziligi kerak — shakldagi belgi, shartnomadagi imzo yoki soʻrovga javob. Xabar va qoʻngʻiroqlarni 09:00 dan 18:00 gacha boʻlgan vaqtga koʻchiring va SMS pudratchingiz shaxsga doir maʼlumotlar bazalari reyestrida roʻyxatdan oʻtganiga ishonch hosil qiling. Reklamadan bezor boʻlgan abonentlar oʻz operatoriga bloklash soʻrovi bilan murojaat qilishi kifoya.
Foto: pxhere.com, Wikimedia Commons (CC0)