
Nogironligi bo‘lgan shaxslar endi milliy va hududiy reabilitatsiya va protezlash markazlariga elektron navbat orqali yo‘llanadi. Ariza onlayn topshiriladi, anketani tekshirish va yo‘llanma berish bepul. Tartib 2026-yil 14-noyabrda kuchga kirdi.
Tartibni Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan. U Adliya vazirligida 2026-yil 13-noyabrda 3974-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Tartib markazlarning shartnoma asosidagi pullik xizmatlariga tatbiq etilmaydi.
Yo‘llanma «Yagona milliy ijtimoiy himoya» tizimining «Reabilitatsiya» modulida rasmiylashtiriladi. Murojaat qilish huquqi nogironligi bo‘lgan shaxsning o‘zida yoki uning qonuniy vakilida:
Anketa identifikatsiya orqali tasdiqlanadi: barmoq izi, elektron raqamli imzo, mobil identifikatsiya yoki Face ID.
Amalda bu nimani anglatadi. Navbatga turish uchun ma’lumotnomalar va markazga shaxsan borish shart emas: YIDXP, «Inson» markazi yoki oilaviy shifokor orqali ariza berish kifoya. O‘z o‘rningizni onlayn kuzatib borishingiz mumkin. Agar reabilitatsiya belgilangan davriylikdan tez-tez kerak bo‘lsa, markazning shartnoma asosidagi pullik xizmatlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Foto: Visola Tangirova, Wikimedia Commons (CC0)