
2026-yil 24-sentabrdan yirik biznes uchun elektr energiyasi kunduzi 1,5 baravar arzonlashdi, tungi chegirma esa bekor qilindi. Oʻzgarishlar Prezidentning 2026-yil 22-sentabrdagi “Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-202-son Farmoni bilan kiritildi.
Farmon Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilindi. U Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga, avvalo, biznesning energiya resurslari uchun hisob-kitob tartibiga oʻzgartirishlar kiritdi.
Gap asosiy va zaxira elektr taʼminotining umumiy ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan I guruh isteʼmolchilari haqida. Ular uchun tabaqalashtirilgan tarif oʻzgaradi.
Avval 1,5 pasaytiruvchi koeffitsiyent tunda (22:00 dan 6:00 gacha) qoʻllanar, 9:00 dan 17:00 gacha esa oddiy tarif amal qilardi. Endi aksincha:
1 kVt·soat uchun 1 100 soʻmlik bazaviy tarifda bu kunduzi taxminan 733 soʻm, pik soatlarda esa 1 650 soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, “namunali isteʼmolchi” maqomi joriy etiladi. U quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga beriladi:
Ular har oy shartnoma hajmining 100 foizi oʻrniga 15 foizi miqdorida oldindan toʻlov qila oladi. Qolgan qismi isteʼmolga qarab toʻlanadi.
Amalda bu nimani anglatadi. Quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan korxonalar koʻp energiya talab qiladigan uskunalar ish jadvalini qayta koʻrib chiqishi lozim: tungi ish endi chegirma bermaydi, kunduzgi isteʼmol esa arzonlashdi. Shuningdek, “namunali isteʼmolchi” mezonlariga muvofiqlikni tekshirish maqsadga muvofiq. Zarur boʻlsa, ASKUE/ASKUG hamda masofadan boshqariladigan hisoblagich oʻrnating — bu aylanma mablagʻlarga yukni kamaytiradi.
Foto: Antti Leppänen, Wikimedia Commons (CC BY 4.0)